25 Noyabr 2024 yil 1184

“Terrorizm – millat tanlamas illat”, xizmat intizomi va qonunchilik hamda eʼtirof etilgan xodimlar

Bugun, 25-noyabr kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi oʻrtasida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy soat boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita masʼul xodimi Jahongir Meliqoʻziyev “Terrorizm va ekstremizm – millat tanlamas illat” mavzusida maʼruza qilib, mavzu doirasida tarix va bugungi kundagi uchrayotgan holatlardan misollar keltirib atroflicha yoritdi.

Shuningdek masʼullar tomonidan IIVning ayrim buyruqlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgani toʻgʻrisida shaxsiy tarkibga yetkazildi.

Tadbir soʻngida, IIV tomonidan “Alvon beret” kiyish huquqiga ega boʻlgan xodimlarni aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan maxsus sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan Toshkent viloyati IIBB TVBSO xodimlari shaxsiy tarkib oldida eʼtirof etildi. Ahamiyatli jihati 7 nafar nomzodning barchasi sinovlarda ishonchli qatnashib, barchasi “Alvon beret”ga munosib ekanliklarini isbotlashdi.


Text to speech