7 Iyul 2022 yil 870

Tergovchilar bu - tizim “zargarlari” – IIBBda uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi

Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist Alisher Sharafutdinov, Genral-mayor Sayfulla Asadov hamda Toshkent viloyati prokuraturasi, IIBB rahbariyati va tergovchi xodimlar ishtirok etdi. Jarayonda Sharafutdinovning tergov amaliyoti uchun qo‘llanma kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Bugun, 7 iyun kuni Toshkent viloyati IIBB majlislar zalida viloyat prokuraturasi va viloyat ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilib kelayotgan tergovchi xodimlar ishtirokida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, isteʼfodagi polkovnik Alisher Sharafutdinov, IIBB boshlig‘i maslahatchisi isteʼfodagi general-mayor Sayfulla Asadov hamda Toshkent viloyati prokurori 1-o‘rinbosari Abduhamid Kamilov, IIBB Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Doniyor Tashxo‘jayev va bir guruh tergovchi xodimlari ishtirok etdi.

“Tergov amaliyoti: muammolar, tahlil va yechimlar” mavzusida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘zga chiqqanlar, prokuratura va ichki ishlar tizimidagi mavzuga oid amaliy misollar va raqamlarga to‘xtaldi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist Alisher Sharafutdinov o‘zining tergov amaliyotidagi ko‘p yillik faoliyati u duch kelgan to‘siqlar va uni yengishdagi muvaffaqiyatlar hamda bugungi amaliyotda uchrayotgan shu kabi masalalarga alohida to‘xtaldi. Har bir holatni “nuqta verguligacha” tushuntirib, ko‘zdan kechirish jarayoni aniq, puxta va inkor etib bo‘lmas dalillarga asoslangan bo‘lishi zarurligini taʼkidladi. Shu kabi, ham prokuratura ham IIO tizimi tergov organida ishlagan mutaxassis sifatida xodimlarning shaxsiy sifatlariga ham to‘xtaldi va u qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida “mahorat darsi” o‘tdi.

Jumladan, “tergovchilarda nafaqat bilim, balki, fahm-farosat va mantiq ilmida ham yuqori bo‘lishi, tergov ishi xuddi rassomning eng yaxshi asaridek asar bo‘lishi, bir so‘z bilan aytganda tergovchilar bu - tizim “zargarlari” bo‘lishi kerak, -dedi Alisher Sharafutdinov.

Shuningdek, tergovchi qonun va kodekslar, xalqaro huquqiy normalar konvensiyalarni ham o‘zlashtirishi orqali siyosiy muhitdan xabardor bo‘lishi, bundan tashqari jinoyatlarni keltirib chiqargan sabablarni o‘rganib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha aniq takliflar berishi zarurligi har bir tergovchi qayd etib qo‘yishini aytdi.

Shu kabi, isteʼfodagi general-mayor Sayfulla Asadov so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan fikr bildirdi va 27 yillik tergov faoliyatida bo‘lgan amaliyotlardan misollar keltirgan bo‘lsa, viloyat prokurori 1-o‘rinbosari Abduhamid Kamilov ham o‘zining Toshkent viloyatidagi 3 yillik faoliyati davomidagi tergovchilar ishlaridagi xato-kamchiliklar va yutuqlariga to‘xtaldi.

Uchrashuv davomida, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist Alisher Sharafutdinovning tergovchilar uchun “Ko‘zdan kechirish tergov harakatini o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibi” nomli o‘quv qo‘llanma kitobi taqdimoti qilindi. Qo‘llanma to‘g‘risida tadbir qatnashchilarining ijobiy fikr-mulohazalari tinglandi va kitob dastlab zaldagi qatnashchi tergovchilarga tarqatildi. Shuningdek, qo‘llanmani shahar-tumandagi har ikki tizim tergovchilariga yetkazish topshirig‘i berildi.

Tadbir yakunida, tashkilotchilar faxriy ustozlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, uchrashuv tergovchilar uchun manfaatli bo‘lganini, ustoz-shogird anʼanalari davomli bo‘lishi ish samaradorligining oshishiga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech