21 Iyul 2022 yil 2382

“Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti aʼzosi qidirilmoqda

Mirzarahimov Otabek Hasan o‘g‘li – 20.11.1995 yilda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. Oilali. Muqaddam Yangiyo‘l shahar “Mustaqillik” MFYda yashagan.

Aniqlangan maʼlumotlarga ko‘ra, u blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanib, "Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotining g‘oyalarini hamda oqim targ‘ibotchilarning diniy mazmundagi materiallarni targ‘ib qilib, tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan, Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi TB tomonidan O.Mirzaraximovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 244(1)-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv eʼlon qilingan.

Toshkent viloyati IIBB Terrorizm va ekstrimizmga qarshi kurashish boshqarmasi

Text to speech