7 Dekabr 2022 yil 664

Taqiqlangan dori vositalarini poytaxtga olib o‘tayotgan shaxs daliliy ashyo bilan ushlandi

Toshkent viloyati IIBB sohaviy xizmatlari tomonidan “Chinor” YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida, “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishidagi Lasetti avtomashinasida yo‘lovchi sifatida kelayotgan 1978 y.t. B.A. (Oltiariq tumanida yashovchi) o‘ziga tegishli bo‘lgan sport sumkasida 240 dona “tropikamid”, 2 800 dona “regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari yashirin holatda Toshkent shahriga olib o‘tmoqchi bo‘lganida ushlandi. Olingan maʼlumotga ko‘ra mazkur vositalarning "qora bozor"dagi narxi 27 mln so‘mdan ortiq.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech