5 Fevral 2024 yil 5656

Spartakiada: Huquqni muhofaza quluvchi organlar o‘rtasida minifutbol musobaqasi o‘tkazildi

33-Spartakiada doirasida Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasida sportning minifutbol turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada, IIBB, FVB, MG viloyat boshqarmasi, MG Qo‘riqlash boshqarmasi va MG 65921-sonli harbiy qismi hamda IIV JIED jamoalari ishtirok etdi. Murosasiz va keskin vaziyatlarga boy bo‘lgan o‘yinlar natijasiga ko‘ra, 1-o‘rinni MG 65921-sonli harbiy qismi jamoasi, 2-o‘rinni IIBB jamoasi va faxrli 3-o‘rinni IIV JIED jamoasi egalladi.

G‘oliblarga “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining diplom, medal, qimmatbaho sovg‘alari va kubok tantanali ravishda topshirildi.

Musobaqalardan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlar o‘rtasida jismoniy shaylikni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishdir.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech