“Sogʻlom avlod – xavfsiz jamiyat” tezkor-profilaktika oyligi doirasida giyohvandlik oʻsimliklarni yetishtirgan shaxs fosh etildi
Tadbir doirasida Boʻstonliq tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi 1980-y.t. (A.K.) shaxs Boʻstonliq tumanidagi dala hovlisida 22 tup “kannabis” ekib parvarishlagani, shuningdek, 1 kg “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelgani aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, “Sogʻlom avlod – xavfsiz jamiyat” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida fuqarolar, ayniqsa yoshlar oʻrtasida giyohvandlikka qarshi kurash, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish hamda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan keng koʻlamli nazorat-reyd tadbirlari izchil olib borilmoqda.