“Sogʻlom hayot uchun 5 ming qadam” va “Yashil makon” umummilliy loyihasi
Bugun Nurafshon shahrida Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyat hokimligi tashabbusi bilan “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida aksiya tashkil etildi.
Tadbirda shahar-tumanlardan kelgan 10 mingga yaqin aholi, shu jumladan, ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari faol ishtirok etdi.
Dastlab, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha oʻtkazilgan marafon doirasi yosh-u qari 5 ming qadam yurishgan boʻlsa, tadbir yakunida ishtirokchilar eng yosh va eng yoshi katta, shuningdek, eng faol oila va shu kabi bir qator nominatsiyalar boʻyicha qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Marafon tadbiri yakunlangach ishtirokchilar, xususan, ichki ishlar xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Nurafshon shahrini Ohangaron shahri bilan bogʻlovchi yoʻl yoqasida 3 ming tupdan ortiq mevali va manzarali koʻchatlar oʻtkazishdi.
Tadbirda OAV vakillari ham faol ishtirok etib, jarayonni keng jamoatchilikka jonli tarzda yoritilib borishini taʼminladi.
IIBB Axborot xizmati