17 Dekabr 2021 yil 414

“Sog‘lom hayot” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida yoshlar bilan uchrashuv 

IIV farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Sog‘lom hayot” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida, Chirchiq davlat jismoniy tarbiya institutida OIV infeksiyasi yuqishining oldini olish yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati IIBB OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi va boshqa tashkilot masʼullari hamda talabalar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar mavzu yuzasidan fikr mulohazalarini bildirib, kasallikning salbiy holatlari va oqibatlarini misollar bilan keltirib o‘tdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech