5 Fevral 2022 yil 855

Sog‘lom turmush, farovon hayot – tavakkalchilikka asoslangan (internet) o‘yinlarning salbiy oqibatlari

Toshkent viloyati IIBBda shu va “Xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish” mavzularida navbatdagi maʼrifat soati bo‘lib o‘tdi. Unda, Bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Dilmurod Xudjaqulov, shaxsiy tarkib va mehmon sifatida siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov ishtirok etdi.

Dastlab, Qobilbek Karimbekov mavzular doirasida fikr mulohazalarini bildirib siyosiy maydondagi axborot va jarayonlardan xodimlarni xabardor qilgan bo‘lsa, Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tavakkalchilikka asoslangan (internet) o‘yinlarda qatnashayotganlar orasida tizim xodimlaring bo‘lishini oldini olish yuzasidan gapirdi. Shuningdek, uning salbiy oqibatlari, xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritib, mavjud kamchiliklarga to‘xtalib o‘tdi.

Xodimlarning axloqiy-ruhiy holatini nazorat qilish, psixologik xizmat sifatini oshirish yuzasidan fikrlar bildirdi. Tamagirlik, poraxo‘rlik, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilish bilan bog‘liq illatlarga yo‘l qo‘ymaslik, bunday holatlar yuz berganda qatʼiy choralar haqida ogohlantirdi. Shu bilan birga, xizmatiga sodiq, halol mehnat qilayotgan xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish masalasiga ham eʼtibor qaratdi.

Xodimlarga xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga, ogohlikka, xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilishga chaqirdi va bu – har bir xodimning qonunan belgilangan majburiyati ekanligini taʼkidladi.

Tadbirda masʼullarga har bir xodim bilan alohida ishlash, oilaviy muhitini o‘rganish, mavjud muammolarini bartaraf etish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali ular bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli holatlar, jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Text to speech