“Shaxsiy namuna” – eng yaxshi oʻrnak va targʻibot
Bugun, Bosh boshqarmada “Xodimlarning oilasi mahalla koʻrki boʻlishi kerak navbatdagi” mavzusida navbatdagi maʼrifat soati boʻlib oʻtdi.
Maʼrifat soatidan soʻng, xodimlarning bilim saviyalarini oshirish va ular oʻrtasida kitobxonlik muhitini yaxshilash maqsadida navbatdagi kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada xodimlar bir qancha badiiy va huquqiy, shuningdek, oʻzlari qiziqqan sohalarga doir kitoblarni mutolaa uchun xarid qilishdi. Eʼtiborli jihati yarmarkada viloyat IIBB boshligʻining oʻrinbosari polkovnik Dilmurod Xudjaqulov avvalo oʻz mutolaasi, qolaversa, xodimlarga “shaxsiy namuna” sifatida bir nechta kitoblar olganini guvohi boʻldik.
Shu oʻrinda IIO hamda fuqarolar uchun eslatib oʻtishimiz oʻrinlidir, kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida IIV tomonidan kitoblarning audio va elektron shakli eʼlon qilinib boriladigan (telegramda) alohida elektron kutubxona tashkil etilgan.
E-kutubxona bilan tanishish va maroqli mutolaa uchun havola – https://t.me/iivuzmutolaa
Avvalroq, Boʻka tumanida IIB xodimlari uchun kitob yarmarkasi tashkil qilingani haqida xabar berilgan edi.