14 Noyabr 2024 yil 1856

“Sayyor-Akademiya” o‘quv dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Sayyor-Akademiya” o‘quv dasturi doirasida Toshkent viloyati IIBB Ekspert-kriminalistika markazi va shahar-tuman ekspertlari uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulotda IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi va IIV Akademiyasining kriminalistik ekspertizalar kafedrasi mutaxassislari ishtirok etdi. Ular ishtirokchilarga kriminalistik ekspertizalarni o‘tkazish jarayonidagi protsessual, metodik va texnik talablarni tushuntirib, amaliy va nazariy darslar olib bordilar.

Har bir ishtirokchi o‘z ish faoliyatida uchrayotgan muammolar bo‘yicha tajribali ustozlardan batafsil ma’lumot va javoblar oldi. Bu kabi mashg‘ulotlar, o‘z navbatida, sohadagi professionallikni oshirish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Text to speech