Safdorlar tarkibi lavozimlari uchun tanlov
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabr kunidagi PQ-3413 son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 2 noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.
Xizmatga tanlov asosida,
sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat
majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy
fazilatlariga ega nomzodlar qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish
istagini bildirgan nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
- Doimiy yashash joyi
bo‘yicha Toshkent viloyatida ro‘yxatda turgan;
- Harbiy xizmatni o‘tagan
(muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);
- Yoshi 18 yoshdan kichik va
30 yoshdan katta bo‘lmagan;
- Bo‘yi 170 (bir yuz yetmish)
sm dan past bo‘lmagan;
- Oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar shuningdek IIV Akademik litseylari va harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, Profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari.
Arizalar https://kb.iiv.uz sayti
orqali faqat onlayn tarzda joriy yilning 11-21-dekabr kunlari qabul qilinadi.
Belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat qilgan nomzodlar ro‘yxatga
olinmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 70 762 21 46 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.