12 Iyun 2025 yil 376

Yarim tunda doʻkonga oʻgʻirlikka tushgan shaxs hodisa joyida qoʻlga olindi

Joriy yilning 9-iyun kuni soat 01:23 da Toshkent viloyati IIBB Qoʻriqlash boshqarmasiga Boʻstonliq tumani, Gʻazalkent shahridagi qoʻriqqa olingan savdo doʻkonidan signal tushgan.

Tezkor guruh xodimlari 3 daqiqa ichida voqea joyiga yetib borganlar. Doʻkon ichidagi nomaʼlum shaxs qochishga uringan va qoʻlidagi pichoq orqali oʻzini jarohatlash bilan tahdid qilgan.

Xodimlar tomonidan koʻrilgan choralar natijasida Boʻstonliq tumanida yashovchi, 1991-yilda tugʻilgan (S.O.) shaxs quroldan zararsizlantirilib, qoʻlga olindi.

Holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Text to speech