28 Fevral 2025 yil 4372

Respublika ishchi guruhining Toshkent viloyati aholisi uchun ommaviy sayyor qabul uchrashuvlari davom etmoqda

Xabar berilganidek, ayni kunlarda Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida Respublika ishchi guruhi tomonidan aholi bilan ommaviy sayyor qabullar oʻtkazilmoqdaBelgilangan rejaga asosan navbatdagi manzil Olmaliq shahri boʻlib, Nurafshon, Olmaliq, Angren, Ohangaron shahar va Ohangaron tumani aholisi uchun tashkil etildi.

Qabulda ichki ishlar organlariga oid murojaatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov tomonidan qabul qilindiFuqarolar IIOlariga oʻqishga, xizmatga kirish va qayta tiklash, tergov-surishtiruv jarayonlari, pasport masalalari, yoʻl harakati xavfsizligi, probatsiya kabi yoʻnalishlari va boshqa ijtimoiy yoʻnalishda murojaat qildilar.

Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilib, qoʻshimcha oʻrganishni talab etuvchi murojaatlar boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindiShuningdek, qabul davomida viloyat IIO Probatsiya xizmati nazoratida boʻlgan 20 ga yaqin shaxsning murojaati ham tinglandi.

Vazir oʻrinbosari ular bilan muloqot chogʻida qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlganligi inobatga olingani, sud tomonidan belgilangan cheklovlarga qatʼiy rioya qilish va kelgusida jinoyat sodir etishdan tiyilish lozimligi haqida yana taʼkidladiMasʼullarga ushbu shaxslarning muddatidan oldin shartli ozod etilishi yuzasidan sud idoralariga taqdimnomalar kiritish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Aholi bilan ochiq muloqot shaklidagi sayyor qabullar Toshkent viloyati boʻylab davom etmoqda.

Text to speech