Aholi murojaatlarini joyida oʻrganish va ijobiy yechimini taʼminlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyatida ommaviy sayyor qabul oʻtkazilmoqda.
Olmaliq shahrida oʻtkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolarning turli masalalarga oid murojaatlari tegishli mutasaddilar tomonidan tinglanib, joyida hal etildi yoki qoʻshimcha oʻrganish uchun tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Xususan, ichki ishlar organlariga oid murojaatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov tomonidan qabul qilindi. Fuqarolar tergov va surishtiruv jarayonlari, kadastr va pasport masalalari, IIOlariga oʻqishga va xizmatga kirish, yoʻl harakati xavfsizligi, probatsiya kabi yoʻnalishlarda oʻz murojaatlarini bildirdilar.
Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Qoʻshimcha oʻrganishni talab etuvchi murojaatlar boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Aholi bilan uchrashuv va sayyor qabullar Toshkent viloyati boʻylab davom etmoqda.