26 Fevral 2025 yil 4704

Respublika ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyati aholisi uchun ommaviy sayyor qabul uchrashuvlari tashkil etilmoqda

Respublika ishchi guruhi tomonidan aholi murojaatlarini joyida oʻrganish va ularning ijobiy yechimini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyatida ommaviy sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Qabulning birinchi kuni Yangiyoʻl shahrida boʻlib oʻtib, unda Yangiyoʻl, Quyi Chirchiq, Chinoz va Zangiota tumanlari aholisi ishtirok etishdiSayyor qabulda, Ichki ishlar organlariga oid murojaatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov tomonidan qabul qilindi.

Fuqarolar tergov va surishtiruv jarayonlari, kadastr va pasport masalalari, IIOlariga oʻqishga va xizmatga kirish, yoʻl harakati xavfsizligi, probatsiya kabi yoʻnalishlarda oʻz murojaatlarini bildirdilarMurojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Qoʻshimcha oʻrganishni talab etuvchi murojaatlar boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

Shuningdek, qabul davomida viloyat IIO Probatsiya xizmati nazoratida boʻlgan 20 ga yaqin shaxsning murojaati ham tinglandiVazir oʻrinbosari ular bilan muloqot chogʻida sud tomonidan belgilangan cheklovlarga qatʼiy rioya qilish, mehnatga halol munosabatda boʻlish va kelgusida jinoyat sodir etishdan tiyilish lozimligi haqida yana bir bor taʼkidladi.

Shu bilan birga, masʼullarga ushbu shaxslarning muddatidan oldin shartli ozod etilishi yuzasidan sud idoralariga taqdimnomalar kiritish boʻyicha topshiriqlar berildiAholi bilan uchrashuvlar va sayyor qabullar Toshkent viloyati boʻylab davom etmoqda.

Text to speech