Piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda
Toshkent viloyati IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi bergan ma'lumotga ko'ra, haqiqatdan ham joriy yilning 2 dekabr kuni taxminan soat 05.00 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o'tuvchi "Toshkent-Olmaliq" avtomobil yo'lining 6 km.da, noma'lum shaxs boshqaruvidagi transport vositasi piyoda 53 yoshli A.V.ni urib yuborib, jabrlanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatmasdan uni xavf ostida qoldirib, hodisa joyidan yashiringan. Oqibatda A.V. yo'l-transport vo joyida voqea joyida vafot etgan.
Hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishda transport vositasining oldi "bamper" qismi va boshqa bo'laklari olingan.
Mazkur holat yuzasidan, Ohangaron tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o'limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (xavf ostida qoldirish odam o'lishiga sabab bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida, tegishli ekspertizalar tayinlangan, ushbu YTHni sodir etgan transport vositasi va uning haydovchisini aniqlash maqsadida tezkor qidiruv tadbirlari o'tkazilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, qilmish uchun jazo muqarrarligi va adolatni qaror toptirish maqsadida sizdan befarq bo'lmasligingizni ushbu holatni ko'rgan voqea shohidlari yoki uning qatnashchilari haqida biron-bir ma'lumotga ega bo'lsangiz, hududiyiiblarga yoki ushbu telefon raqamlar: 0-370-762-41-21; 0-370-762-41-22; 71-231-46-26 orqali xabar berishingizni so'raymiz.
Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati