10 Yanvar 2024 yil 6214

Rahbar va yosh xodimlar uchrashuvi

Ichki ishlar organlariga tanlov asosida xizmatga qabul qilingan yosh xodimlar uchun amaliy o‘quv mashg‘ulotlari hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilmoqda. Xususan, Angren shahrida joylashgan harbiy qismda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda viloyat IIBB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat mas’ullari va yosh xodimlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda har bir xizmatga qabul qilingan xodim Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishi, har qanday vaziyatda ham xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi qat’iy talab ekani ta’kidlandi. Bundan tashqari, xodimlar bilan bog‘liq ijobiy va salbiy holatlar yetkazilib, yosh xodimlarni qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan javoblar berildi.

Xabar berilganidek, Angren shahrida Ichki ishlar organlariga qabul qilingan yosh xodimlar uchun navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech