Psixotrop va sintetik giyohvanlik vositalarini tarqatib kelgan (zakladchik) qoʻlga olindi
“Dolzarb 20 kun” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida patrul-post xizmati xodimlari tomonidan giyohvandlik moddasini “zakladka” usulida tarqatib kelgan shaxs qo‘lga olindi.
Toshkent tumani hududida xizmat olib borayotgan viloyat IIBB 4-mintaqaviy hudud PPX inspektorlarida shubha uyg‘otgan shaxs (2002 y.t. B.B.) to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan ko‘zdan kechirishda uning yonidan 3 dona qadoqlangan holdagi giyohvandlik modda (a-PVP) topildi.
Shundan so‘ng tuman IIB tezkor xodimlari bilan hamkorlikda qo‘shimcha tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir davomida Toshkent tumani Qorasaroy mahallasi, shuningdek Toshkent shahrining Yunusobod va Olmazor tumanlarida jami 21 ta joydan qadoqlangan holdagi giyohvand modda topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.
Holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, giyohvandlik moddadari bilan qonunga xilof muomala qilish 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.