22 Aprel 2025 yil 311

Psixotrop dori vositalarini tarqatib kelgan (zakladchik) IIB xodimlari tomonidan qoʻlga olindi

Respublika miqyosida oʻtkazilayotgan Xavfsiz va sogʻlom yurttezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizimlari xodimlari tomonidan tadbirlar uyushqoqlik bilan tashkil etilib, qator jinoiy holatlarning oldi olinmoqda.

Jumladan, Toshkent tumanidagiIqbolmahallasi hududida, avtomobil yoʻli yonida joylashgan ehson qutisini ochib, ichidagi pullarni olishga uringan shaxs, 2005-yilda tugʻilgan J.M. tuman IIBning tungi xizmatiga biriktirilgan xodimlari tomonidan ushlandi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, ushbu fuqaro narkotik va psixotrop moddalarni kontaktsiz-manzil usulida tarqatuvchi (“zakladchik”) sifatida faoliyat yuritayotgani aniqlandi. Ushlangan shaxs yonidan 9 dona qadoqlangan, kuchli taʼsir qiluvchi moddaga oʻxshash dori vositalari topildi va xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB tomonidan tergov harakatlari ishlari olib borilmoqda.

Text to speech