27 Sentyabr 2021 yil 763

Prezidenti Administratsiyasi masʼullari boshchiligida seminar tashkil etildi

Toshkent viloyati IIBBda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda IIV masʼullari ishtirokida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid qonun hujjatlari mazmun mohiyati” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Seminarda murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun va qonun osti hujjatlarda belgilangan tartib va qoidalar haqida yana bir bor tushuncha berildi.

Soʻzga chiqqan masʼul xodim Sarvar Mamadiyev davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan ochiqlik siyosatiga mos ravishda xizmat yuritish, fuqarolarni ortiqcha sarsongarchilikka yoʻl qoʻymasdan murojaatlarni qonun doirasida tezda, ijobiy hal etish – asosiy masala ekanini alohida qayd etdi.

Shuningdek, respublika doirasida fuqarolardan boʻlayotgan takroriy murojaatlarda xodimlar tomonidan sustkashlik va bir xil mazmundagi “shablon” javob xatlari bilan chegaralanish holatlari ham koʻpgina kuzatilayotgan haqida toʻxtalib, bu kabi “ishlar” bilan murojaat hal boʻlib qolmasligini, har bir murojaat qonun doirasida oʻz yechimini topishi zarurligini alohida taʼkidladi. Bir nechta murojaat va unga berilgan javoblar misollar keltirib oʻtdi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan yigʻilishda Sarvar Mamadiyev oʻzining IIO xodimlari toʻgʻrisidagi samimiy fikr mulohazalarini bildirdi. Xodimlar tomonidan berilgan savollarga javob berib, takliflarini eshitdi.

Text to speech