Prezident farmoniga binoan taʼsis etilgan respublika tanlovining Toshkent viloyati bosqichi yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash hamda IIO xodimlarining har tomonlama bilim koʻnikmalarini oshirib borish, xodimlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish va ularni har tomonlama ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan Respublika koʻrik tanlovining Toshkent viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda viloyat, tuman-shahar IIO xodimlari orasidan munosib nomzodlar ishtirok etdi. Bunda ularning jismoniy va jangovar, psixologik bilimlari bilan birga siyosiy va sohaviy bilimlari ham sinovdan oʻtkazildi.
Ishtirokchilarning har bir javoblari Bosh boshqarma boshligʻining buyrugʻiga asosan tuzilgan komissiya aʼzolari tomonidan kuzatilib, baholanib bordi. Bugun ushbu tanlovning yakuniy test va suhbat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Yakuniy natijalarga koʻra, “Eng yaxshi profilaktika inspektori” nominatsiyasi boʻyicha:
1-oʻrin – katta leytenant Polvonov Azamat Akmalovich Chinoz tumani IIB profilaktika inspektori;
2-oʻrin – kapitan Saydaliyev Sherali Akbarali oʻgʻli Boʻka tumani IIB profilaktika katta inspektori;
3-oʻrin – katta leytenant Asrolov Alisher Saidakbar oʻgʻli Oʻrta Chirchiq tumani IIB profilaktika inspektori.
“Eng yaxshi tergovchi” nominatsiyasi boʻyicha:
1-oʻrin – katta leytenant Avalbekov Abdumalik Farhod oʻgʻli Angren shahar IIB tergovchichi
2-oʻrin – katta leytenant Abdusalomov Umidjon Abdushukur oʻgʻli Toshkent viloyati IIBB TB katta tergovchisi
3-oʻrin – katta leytenant Jumanov Sirojbek Allanazar oʻgʻli Bekobod tumani IIB tergovchisi
“Eng yaxshi tezkor xodim” nominatsiyasi boʻyicha:
1-oʻrin – leytenant A.Rasulov Bekobod shahar IIB
2-oʻrin – katta leytenant X.Turdaliyev Oʻrta Chirchiq tumani IIB
3-oʻrin – kapitan M.Suvonov Angren shahar IIB xodimlari qoʻlga kiritdi.
Oʻrin olgan xodimlarning barchasi oʻrnatilgan tartib boʻyicha pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanishlari hamda ushbu xodimlar tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgani eʼlon qilindi.