14 Iyul 2022 yil 17425

PPX va YHXXda bo’sh bo’lgan lavozimlarga fuqarolar qabul qilinishi bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimlaridagi bo’sh bo’lgan “safdorlik” lavozimlariga fuqarolar qabul qilinishi bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi maʼlum qilinadi.

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi
PQ-3413-son «Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 9-mart kuni 3352-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 5-mart kunidagi 52-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar:

-O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lishi;

- idoraviy akademik litseylar, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo’yicha yordamchilari, shuningdek, oliy ma’lumotga ega yoki sirtqi ta’lim shakli bo’yicha (O‘zbekiston Respublikasi hududida) tahsil olayotgan bo’lishi;

- erkak (o’g’il bola bo’lishi);

- yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmagan (30 yoshdagilar ham) bo’lishi;

-Patrul-post xizmativa Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga bo’yi 170 sm va undan yuqori bo’lishi;

- doimiy yashash manzili bo‘yicha Toshkent viloyatida ro‘yxatda turishi;

- muddatli va safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan;

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlari bilan kelishlari so‘raladi:

- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasidoimiy yashash manzilibilan (nusxasi olinib, asli qaytariladi);

- qarindoshlarning (ota-ona, er-xotin, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek
er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari) biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);

- o‘qish va ish (agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa) joyidan tavsifnoma;

- fuqaro tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;

- anketa-maʼlumotnoma;

- harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);

- doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘yining balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda).

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar joriy yilning 14-iyul kunidan
14-avgust kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 ga qadar murojaat etishlari so‘raladi.

Eslatma: belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro’yxatiga kiritilmaydi.

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Toshkent yo‘li ko‘chasi, Sada bekati, 1-uy. Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi binosi. Murojaat uchun telefon: +998707624197 +998707624106

Toshkent viloyati IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech