16 Avgust 2025 yil 118

Poytaxtga olib oʻtilayotgan giyohvandlik vositalari Toshkent viloyatida ushlab qolindi

Toshkent viloyati IIBB hamda DXX hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida, giyohvandlik moddalarini Toshkentga olib ketayotgan va xonadonda saqlagan shaxslar qoʻlga olindi.

Xususan, Ohangaron tumani Chinor YPX maskanidaFargʻona-Toshkentyoʻnalishida harakatlanib kelayotgan, 1985 y.t. shaxs (Sh.B.) boshqaruvidagi avtotransport vositasi toʻxtatib tekshirilganda, mashina salonidan 3 ta oʻramda sotish uchun tayyorlab qoʻyilgangashishgiyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Shu kabi, Nurafshon shahrida oʻtkazilgan nazorat tadbiridaObod turmushmahallasida yashovchi fuqaro gashish giyohvandlik vositalarini yashash xonadonidagi avtomobilning eski shinalari orasiga yashirib qoʻyganligi aniqlandi.

Holatlar yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech