12 Dekabr 2024 yil 1996

Pirotexnika vositalari noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq holatlarga chek qoʻyilmoqda

Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan pirotexnika vositalari aylanmasi bilan bogʻliq holatlar fosh etilib, qonuniy tartibda choralar koʻrilmoqda.

Jumladan, Zangiota tumanida oʻtkazilgan tadbir davomida, Toshkent shahrida yashovchi uch nafar shaxs 144 dona turli hajm va koʻrinishdagi pirotexnika vositalarini xaridorga 40 million soʻmga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlandi.

Shuningdek, tadbirlar doirasida Oʻrta Chirchiq tumani IIB xodimlari tomonidanBunyodkormahallasida yashovchi 1997 y.t. (D.N.) shaxsning xonadoni oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirilganda, xonadonda qiymati 1,5 million soʻm boʻlgan pirotexnika vositalarini noqonuniy saqlab kelinayotganligi aniqlandi.

Shu kabi Bekobod tumani YPX maskanida 2002 y.t. haydovchi (M.M.) boshqaruvida boʻlgan Kobalt avtomobilida tekshirilganda, mashina yukxonasida 56 dona qiymati 5,6 million so'm boʻlgan pirotexnika vositalarini sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushlandi. 

Ushu yoʻnalishdagi tezkor nazorat-reyd tadbirlari shahar-tumanlar kesimida davom ettirilmoqda.

Text to speech