Xabar berilganidek, Toshkent viloyatida “Giyohvandlik va psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish oyligi” doirasida keng masshtabdagi nazorat-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Bekobod tumani Ichki ishlar boʻlimi va DXX tuman boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 1995-yilda tugʻilgan X.I. va 1999-yilda tugʻilgan O.A. xaridorga oʻzida boʻlgan giyohvandlik vositasini 70 mln soʻmga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, ushbu shaxslar giyohvandlik vositasini kelgusida Toshkent shahriga olib oʻtib sotish maqsadida saqlab kelayotgan boʻlganlar.
Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
IIBB Axborot xizmati.