12 Oktyabr 2022 yil 989

Qora dori – 2022: Zangiotada “kannabiszor” fosh etildi

Muntazam ravishda Toshkent viloyati IIBB sohaviy xizmatlari va quyi tizim xodimlari tomonidan giyohvandlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda.

Xususan, Shaxsiy xavfsizlik Toshkent viloyati boshqarmasi va Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan “Qora dori – 2022” (2-mavsum) doirasida 28 sentabr kuni Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida "Mevazor" MFY tashkil qilgan “kannabiszor” fosh etildi.

Aniqlanishicha, 1976 y.t. fuqaro R.M. xonadonida 26 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligini o‘ziga xos tarzda parvarishlab, yetishtirgan. E’tiborlisi u giyohvanlik o‘simligini yon tomonga o‘stirib, boshoqli bo‘lishini ta’minlagan va qamishlar orasiga o‘rab o‘ziga xos tarzda “kannabiszor” tashkil qilgan. Shuningdek, xonadonni ko‘zdan kechirish davomida 238,7 gr quruq holatdagi marixuana giyohvandlik vositasi ham daliliy ashyo sifatida olinagan. Fuqaro protsessual tartibda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 273-moddasi 5 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech