Ommaviy sayyor qabulda fuqarolarga rasmiylashtirilgan ID-kartalar topshirildi
Bugun, 23-noyabr kuni respublika ishchi guruhi tomonidan O‘rta Chirchiq tumanidagi Toshkent viloyati “Xalq qabulxonasi”da viloyat aholisi bilan navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Y.Abdulxakov va Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i, polkovnik Tohir Aripov ishtirok etib 50 nafar fuqarolarning Ichki ishlar organlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlarni qabul qildilar.
Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, 15 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 7 nafarining arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.
Jarayonda, 8 nafar 16 yoshga to‘lgan yoshlarga ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, 25 yildan buyon O‘zbekistonda yashab kelayotgan ikki nafar yurtdoshimizga ham ID-kartalar topshirilib, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganliklari bilan muborakbod etildi.
— 25 yil kutgan orzuyim bugun ushaldi. Buning uchun eng avvalo davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, — deydi fuqarolikka qabul qilingan Furqatjon Barotov.
IIBB Axborot xizmati