Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasini oldini olishga qaratilgan nazorat-reyd tadbirlari davom etmoqda.
Navbatdagi holatda Ohangaron tumanida tungi xizmatga biriktirilgan YPX inspektorlari tomonidan 1987-yilda tugʻilgan haydovchi (U.B.) boshqaruvida boʻlgan “Isuzu” yuk transport vositasi tekshirilgan.
Natijada avtomobildagi yuklar orasiga yashirilgan holda, qiymati 30 million soʻmlik jami 2 900 dona pirotexnika vositalari olib oʻtilayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan. Hozirda holat boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz: pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi qonun bilan taqiqlangan va bunday harakatlar maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.