12 Avgust 2025 yil 82

Ohangaron tumani IIB faoliyati oʻrganilib, hududdagi “qizil” toifaga kiruvchi mahallalarda olib borilayotgan profilaktik ishlar muhokama qilindi

Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, polkovnik Abduvosit Abdurazakov tomonidan viloyatning 2-mintaqaviy markazga kiruvchi Ohangaron tumanida, ichki ishlar organlari faoliyati, jinoyatchilik holati va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan ishlar oʻrganildi.

Oʻrganish davomida kriminogen vaziyat tahlil qilinib, jinoyatchilik yuqori boʻlgan vaqiziltoifaga kiruvchi mahallalarda olib borilayotgan profilaktik ishlar muhokama qilindiJinoyatga moyil shaxslar bilan manzilli ishlash, muqaddam sudlanganlar va nazoratdagi fuqarolar ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, xizmat xonalari, navbatchilik qismlari va mavjud moddiy-texnik baza bilan tanishib, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Xizmat intizomi va fuqarolar bilan muloqot madaniyati masalalariga alohida eʼtibor qaratildiHudud xususiyatlardan kelib chiqib ishlab chiqilgan takliflar ham koʻrib chiqildi.

Jinoyatchilikning oldini olishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, profilaktika inspektorlari va mahalla faollarining hamkorligini mustahkamlash, davlat rahbarining (PQ-1-son) qarori asosida videokuzatuv tizimlarini keng joriy etish zarurligi taʼkidlandi.

Oʻrganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish va xizmat faoliyatini yaxshilash boʻyicha koʻrsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech