5 Yanvar 2022 yil 1677

Nurafshondagi bankomatdan pullarni o‘g‘rilashga uringan besh kishi ushlandi

Xabar tahrirlandi.

2021 yil 11 dekabr kuni tungi soat 1:30 dan 2:30 atrofida yuziga niqob va qo‘liga qo‘lqop kiygan jinoiy guruh Nurafshon shahri markazidagi bankomatdan pul o‘g‘irlashga urinishgan.

Nurafshon shahri IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv-surishtiruv ishlari davomida jinoyatda gumonlanuvchilar – O‘rta Chirchiq va Bektemir tumanlari hamda Nurafshon shahrida yashovchi 22-24 yosh orasidagi 5 nafar shaxs ekanligi va ular bankomatning kodli seyfini buzish orqali seyf qulfini olib voqea joyidan yashirinishgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Shuningdek ular bu harakatlari orqali mulkdor, yaʼni “Poytaxt bank” aksionerlik jamiyatiga 19 mln 433 ming miqdordagi moddiy zarar yetkazishgani maʼlum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-(jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 IIBB Axborot xizmati

Text to speech