2 Oktyabr 2024 yil 2406

“Eng yaxshi psixolog” tanlovining gʻoliblari aniqlandi

Xabar berilganidek, IIV tomonidan tizimda hamkasblarga namuna boʻlayotgan xodimlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadidaeng yaxshilartanlovi oʻtkazib kelinmoqda.

Jumladan, kuni kecha Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan psixolog xodimlar oʻrtasidaEng yaxshi psixologtanlovi tashkil etildi.

Tanlovda 10 nafardan ortiq xodim ishtirok etdi. Ishtirokchilar ichki ishlar organlari sohaviy bilimlari, maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi savodxonligi, jangovar va xizmat tayyorgarligi boʻyicha sinovlardan oʻtishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 1-oʻrinni viloyat IIBB xodimi, katta leytenant Nazokat Mirvosidova qoʻlga kiritib, koʻrik-tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanma oldi. 2-oʻrin Quyi Chirchiq tumani IIB xodimi, katta leytenant Begzod Turalimovga nasib etdi. 3-oʻrin esa Chirchiq shahri IIB xodimi, katta leytenant Hilola Karimovaga berildi.

Gʻoliblarga Bosh boshqarma masʼullari tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech