“Eng yaxshi psixolog” tanlovi eʼlon qilinadi
Tanlovda egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar psixologiya
yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega IIO xodimlari, shahodatlangan va
shahodatlanmagan psixologlarning ishtirok etishi mumkin
Tanlovni oʻtkazish bosqichlari:
Hududiy saralash bosqichi – sentabr oyida Ichki ishlar
vazirligi markaziy apparati, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda
taʼlim muassasalari xodimlari oʻrtasida;
Respublika bosqichi – oktabr noyabr oylarida hududiy
saralash bosqichida gʻolib boʻlgan xodimlar oʻrtasida.
Tanlov
quyidagi shartlar asosida oʻtkaziladi:
a) ishtirokchilarning
psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlari;
targʻibot-tashviqot
ishlari (OAVda eʼlon qilingan materiallar, gazeta
va
jurnallardagi maqolalar va boshqalar);
ishtirokchilarning
trening, seminar, konferensiya va boshqa ommaviy tadbirlardagi ishtiroki.
b) psixologiya
kasbini yoritishga qaratilgan “Eng yaxshi psixolog” tashrif qogʻozi
videoroligi;
v) psixologiya
sohasini rivojlantirishga qaratilgan gʻoya va uni amaliyotga joriy qilish
istiqbollari;
g) ishtirokchilarning
bilim darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar (savol-javoblar):
psixologiya
sohasiga tegishli ichki idoraviy hujjatlar boʻyicha savol-javoblar;
psixologiya
sohasi boʻyicha savol-javoblar.
Respublika
bosqichida gʻolib va sovrindorlar Ichki ishlar vazirligining diplom va
qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanishadi.
Bundan
tashqari, tanlovning respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlari quyidagi
imtiyozlarga ega boʻladilar:
amaldagi
intizomiy jazo chorasini muddatidan oldin ragʻbatlantirish tariqasida bekor
qilish;
muddatidan
oldin navbatdagi maxsus unvonga tavsiya etish (harbiy tuzilmalar bundan
mustasno);
psixologiya
sohasida malakasini oshirish uchun xorijiy davlatlarga yuborish.
Gʻoliblarni
taqdirlash marosimi “22-noyabr – Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan
oʻtkaziladi.
Ushbu
tanlovda qatnashish istagida bo’lgan IIO xodimlari 2024-yil 24-avgust kunidan
30-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar Bosh boshqarma MMI va KBTX MMIB
Psixologik ta’minlash guruhiga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun: +99899 882 28 33