“Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi o‘tkazildi
Joriy yilning 20–26 avgust kunlari Toshkent viloyati IIBB Ekspert-kriminalistika xizmati xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Unda viloyat IIOning 16 nafar eksperti ishtirok etib, o‘z bilim va mahoratini namoyish qildi.
Tanlov uch bosqichdan iborat bo‘ldi. Birinchi shartda
ishtirokchilar belgilangan soniyalar ichida Kalashnikov avtomati va Makarov
pistoletini qismlarga ajratish hamda qayta yig‘ish amaliyotini bajarishdi.
Ikkinchi bosqichda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish, xizmat tayyorgarligi va sohaviy
bilimlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi. Yakuniy bosqichda esa xodimlar o‘z
sohasi bo‘yicha og‘zaki savol-javob tarzida sinovdan o‘tkazildi.
Natijaga ko‘ra, 3-o‘rinni Toshkent viloyati IIBB
Ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti, leytenant Nizomiddin
Zaynobiddinovga, 2-o‘rinni Chirchiq shahar IIB katta eksperti, katta leytenant
Sardor Akromovga egalladi. Faxrli 1-o‘rinni Toshkent viloyati IIBB
Ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti, mayor Hamid Rahimboyev qo‘lga
kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. G‘oliblar munosib taqdirlandi.
Mazkur
tanlov ekspert-kriminalistlar bilim va malakasini oshirish, sog‘lom raqobatni
shakllantirish hamda sohada malakali kadrlar safini mustahkamlashga xizmat
qilmoqda.