20 Mart 2024 yil 14646

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli hamkasblar, muhtaram faxriylar!

Avvalo, sizlarni va sizlar orqali barcha yurtdoshlarimizni 21-mart sharqona yangi yil – Navro‘z umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Ming yillar oldin ota-bobolarimiz bu ulug‘ ayyomni qanday pok niyat va yorug‘ umidlar bilan kutib olgan bo‘lsalar, bugun ham xalqimiz mana shunday yuqori kayfiyat bilan Navro‘zga peshvoz chiqmoqda. Shunday shukuhli va betakror damlarda barchamiz tinch va osoyishta hayot hamda xotirjamlik qadrini yana-da teranroq his etmoqdamiz.

Mana shunday fayzli, shodiyona ayyomda shahar-u tumanlarda, qishloq va ovullarda Navro‘z saylini o‘tkazayotgan barcha yurtdoshlarimizga yuksak hurmatim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Sharqona yangi yilimiz — Navro‘z har bir xonadonga, butun el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-u saodat va qut-baraka olib kelsin!

Yana bir bor Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, aziz xalqimiz omon bo‘lsin.

Tohir Aripov,
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i,
general-mayor.

Text to speech