20 Yanvar 2024 yil 6315

“Namunali huquq-tartibot maskani” koʻrik tanlovining gʻoliblari eʼtirof etildi

Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarlikni jilovlashda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada yaxshilash maqsadida ichki ishlar, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, sport va yoshlar siyosati vazirliklari hamda respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan qo‘shma qarori imzolangan va qaror asosida “Namunali mahalla huquq-tartibot maskani” respublika ko‘rik tanlovi tashkil qilinib, mahalla yettiligining faoliyati rag‘batlantirilib kelinmoqda.

Jumladan, Olmaliq shahrida “Namunali mahalla huquq-tartibot maskani” ko‘rik tanlovning Toshkent viloyati bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda viloyat IIBB boshlig‘i general-mayor, Tohir Aripov hamda viloyat sektor rahbarlari, hamkorlikdagi tashkilot mutasaddilari va bir guruh mehmonlar ishtirok etdi.

Tanlov natijasiga ko‘ra, 1-o‘rinni Zangiota tumani mahalla huquq-tartibot maskani vakillari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Yuqori Chirchiq tumani egalladi va faxrli 3-o‘rin Olmaliq shahar mahalla huquq-tartibot maskani vakillariga nasib qildi.

G‘oliblarni IIBB boshlig‘i tabriklab, ularga esdalik sovg‘alari va pul mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.

Shuningdek tadbir doirasida, eng faol mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi, sektor rahbarlari hamda patrul-post xizmati inspektori va yo‘l-patrul xizmati inspektorlari, voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar ham munosib rag‘batlantirildi.

Tadbir so‘ngida IIV 2-sonli Akademik litseyi o‘quvchilarining chiqishlari va san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari qatnashchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech