22 Aprel 2025 yil 313

“Namunali oila” koʻrik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi gʻoliblari aniqlandi

Tanlovda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi va uning quyi tizimlarida faoliyat yuritayotgan ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolari faol ishtirok etdilar.

Jarayonda tanlov ishtirokchisi bo'lgan oilalarning kasbiy mahorati, kitobxonlikka boʻlgan qiziqishi, bolalarining taʼlim muassasalarida egallayotgan bilim darajasi va ijodiy qobiliyatlari baholandi.

Qizgʻin va samarali bahslarga boy boʻlgan tanlov yakunida hakamlar hayʼati tomonidan eʼlon qilingan natijalarga koʻra:

1-oʻrinDehqonboyevlar oilasi (Chinoz tumani IIB)
2-oʻrinXursanovlar oilasi (Toshkent tumani IIB)
3-oʻrinTolipov va Usmonovlar oilasi (Olmaliq shahri va Ohangaron tumani IIB) egalladilar.

Gʻolib va faol ishtirokchilar Bosh boshqarma tomonidan diplom, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, 1-oʻrin sohibi tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish yoʻllanmasiga ega boʻldi.

Text to speech