4 Noyabr 2022 yil 727

Murojaat, muloqot va natija — IIBB boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Parkentda o‘tkazildi

Joriy yilning 3 noyabr kuni Parkent tumanida Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i general-mayor Tohir Aripov boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda fuqarolarning turli mazmundagi 25 ga yaqin muammolariga yechim topildi.

“Xo‘ja” MFYda o‘tkazilgan qabulda fuqarolar – yo‘l qurilishi va taʼmirlanishi, ishga joylashish, tibbiy davolanishga amaliy yordam, fuqarolikni rasmiylashtirish, ijtimoiy himoya va moddiy yordam berish, IIOga xizmatga kirish va boshqa shu kabi masalalar bilan murojaat qilishdi.

Murojaatning asosiy qismi shu joyida ijobiy hal etilib, hujjatlar rasmiylashtirildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar qonuniy tartibda ijobiy hal etilishi bo‘yicha masʼullarga topshiriq berildi.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech