Murojaat, muloqot va yechim — Vazir o‘rinbosari O‘rta Chirchiq tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
Bugun, 11 avgust kuni O‘rta Chirchiq tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda fuqarolarning tizimga oid 20 dan ortiq murojaatlari Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov boshchiligida viloyat IIBB masʼullari tomonidan qabul qilindi.
Muloqot tarzida o‘tgan qabulda fuqarolar – tergov va surishtiruv, ijtimoiy himoya va moddiy yordam berish, pasport-viza, IIOga xizmatga kirish va boshqa shu kabi masalalar bilan murojaat qilishdi.
Murojaatlarning 3 tasi joyida ijobiy hal etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. O‘rganish talab etadigan 15 dan ortiq murojaatni qonuniy tartibda ijobiy hal etish bo‘yicha Vazir o‘rinbosari tomonidan masʼullarga topshiriq berildi.
Qabul so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 3 nafar hamyurtimizga tantanali ravishda ID-kartalar topshirildi. Aholi bilan uchrashuv va sayyor qabullar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.
IIBB Axborot xizmati