Toshkent viloyati IIBB binosida aholi muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan ochiq muloqot shaklidagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari IIBB boshligʻi, polkovnik Abduvosit Abdurazakov tomonidan koʻrib chiqildi.
Fuqarolar ichki ishlar organlari faoliyatiga oid masalalar, jumladan, xizmatga tiklash, xizmatga kirish, tergov-surishtiruv, jinoyat-qidiruv, huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishlaridagi muammolar yuzasidan murojaat qilishdi. Ularning har biri tinglanib, tegishli choralar koʻrildi.
Murojaatlar qonuniy tartibda koʻrib chiqilib, ularni hal etish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi. Eslatib oʻtamiz, viloyatning barcha shahar va tumanlarida ham hududiy IIB rahbarlarining shaxsiy qabullari tashkil etilgan.