18 Noyabr 2021 yil 1141

Muqaddasdir vatan bayrogʻi!

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Toshkent viloyatining barcha shahar-tuman IIBlarda davlat bayrog‘i tantanali ko‘tarildi.

Bugun davlat suverenitetining ramzlaridan biri – mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 30 yil to‘ldi.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyatining shahar-tuman IIBlarida madhiya sadosi ostida davlat bayrog‘ini tantanali ko‘tarish marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy anʼanalarimizni mujassamlashtiradi

Text to speech