27 Sentyabr 2022 yil 529

Mini futbol bo‘yicha "IIBB boshlig‘i kubogi" musobaqasi o‘tkazildi

Bugungi kunda ham Toshkent viloyati IIBB tomonidan shaxsiy tarkib oʻrtasida sportni ommalashtirish va sogʻlom muhitni targʻib etish maqsadida sohaviy xizmat xodimlari oʻrtasida sportning bir nechta turi boʻyicha amaliy  mashg‘ulotlar va musobaqalar tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 23-sentyabr kuni viloyat IIBB va uning quyi tizm xodimlaridan iborat jamoalar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha "IIBB boshlig‘i kubogi" musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra, umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni 2-mintaqa jamoasi,  2-o‘rinni 1- mintaqa va 3-o‘rinni IIBB apparati jamoasi egalladi.

G‘oliblar  qimmatbaho sovg‘a, diplom va kubok bilan taqdirlandi.

Text to speech