30 Noyabr 2021 yil 544

Mavsum: Poytaxtga olib o‘tilayotgan pirotexnika vositalari YPX maskanida ushlab qolindi

Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan “xavfsiz hudud” va “xavfsiz tun” profilaktik tadbirlari doirasida Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” muntazam yo‘l patrul xizmati maskanida inspektorlar bir necha noqonuniy tovarlar aylanmasiga chek qo‘ydi.

Xususan, 28 noyabr kuni soat tungi 3:00 larda vodiy yo‘nalishidan Toshkent shahriga harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1970 yilda tug‘ilgan R.A boshqaruvidagi avtotransport vositasi to‘xtatilib tekshirganda, avtomobil yukxonasida 329 dona turli nomdagi pirotexnika vositalari noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, xuddi shu vaqtda vodiy yo‘nalishidan poytaxt tomon harakatlanib kelayotgan haydovchilar I.M. va A.S. boshqaruvidagi transport vositalari to‘xtatilganda, avtoulov yukxonasida hech qanday meʼyoriy hujjatga ega bo‘lmagan 10 donadan 32 dyumli jami 20 dona televizorlar noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlangan.

Holatlar yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech