26 Noyabr 2024 yil 1776

“Mavsum”: Pirotexnika vositasini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Xabar berilganidek, Toshkent viloyatida “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” tezkor profilaktik tadbir o‘tkazilmoqda. Tadbir davomida IIBB va uning quyi tizimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda jinoyatchilik va huquqbuzarlik, jumladan pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olinishi yuzasidan nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Parkent tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Istiqlol” mahallasida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro (Z.U.) xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadonida 536 dona turli hajm va ko‘rinishdagi pirotexnika vositalarini sotish maqsadida saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech