Matonat, xizmatga sadoqat va fidoyilik – ayol xodimlar e’tirof etildi
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan ayol xodimlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Mazkur tantanali marosimda viloyat IIBB boshligʻi general-mayor Tohir Aripov boshchiligida shaxsiy tarkib hamda sohaning faxriy xodimlari ishtirok etdi.
Bosh boshqarma
rahbari tadbirni ochib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri,
general-mayor Aziz Tashpulatovning Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan
yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi va tizimda faoliyat yuritayotgan
xotin-qizlarni samimiy muborakbod etib, ularning ichki ishlar organlaridagi
o‘rni va xizmatlarini alohida e’tirof etdi. Shuningdek, u ayol xodimlarga ezgu
tilaklarini bildirib, ularning mashaqqatli, shu bilan birga sharafli
faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Bayram
munosabati bilan o‘z xizmat vazifalarini sidqi dildan ado etib, o‘z kasbiga
sadoqat bilan yondashayotgan, hamkasblariga ibrat bo‘lib kelayotgan bir guruh
fidoyi ayol xodimlar Ichki ishlar vazirligi tomonidan munosib taqdirlandi.
Mukofotlarni IIBB boshlig‘i tantanali tarzda topshirdi.
Xususan:
Shuningdek, IIV
tomonidan mayor Mirzakarimova Gulbahor Mirahmedovnaga muddatidan oldin
rag‘batlantirish tariqasida “podpolkovnik” maxsus unvoni berildi.
Bundan tashqari,
o‘z vazifasini vijdonan bajarib, mas’uliyat bilan xizmat olib borayotgan 310
nafar ayol xodim pul mukofoti bilan rag‘batlantirilgani e’lon qilindi.