29 Aprel 2025 yil 2926

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida voleybol boʻyicha “IIBB boshligʻi kubogi” oʻtkazildi

Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollikni targʻib qilish maqsadida Toshkent viloyati IIBB tomonidan Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan 60-sonli maktabda voleybol boʻyicha sport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada maktabning yuqori sinf oʻquvchilari oʻzaro bellashib, qizgʻin va murosasiz bahslarga boy oʻyinlarni namoyish etdilar.

Yakuniy natijaga koʻra:
1-oʻrin – 9-sinf jamoasi,
2-oʻrin – 11-sinf jamoasi,
3-oʻrin – 8-sinf jamoasi ega boʻldi.

Gʻoliblar Bosh boshqarma tomonidan esdalik sovgʻalari va diplom bilan taqdirlandiBu kabi musobaqalar yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, salbiy illatlardan yiroqlashtirish va yurtimizda sogʻlom, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Text to speech