28 Dekabr 2021 yil 875

“Ota-onangizga ming rahmat!” – Olmaliqda maktab o‘quvchilari jinoyatning oldini oldi

Joriy yilning 20 dekabr kuni soat taxminan 20:30larda 1983 yilda tug‘ilgan  G‘.Y. Olmaliq shahridagi buyum bozori yaqinida yolg‘iz ketayotgan 20 yashar Z.A. (ayol) ning Samsung telefonini qo‘lidan tortib olib, qochib ketadi. Shu vaqtda voqeaga guvoh bo‘lgan shahardagi "Buxoro maktabi" o‘quvchilari – 16 yoshli Hasan Mahamatov va Shoxruh Abduhakimovlar uning ortidan quvib ushlashadi va bu haqda shahar IIBga xabar qilishadi. Natijada o‘g‘irlangan buyum egasiga qaytariladi.

O‘quvchilarning bu kabi jasorati shahar IIB boshlig‘ining eʼtiboridan chetda qolmadi. Ular tashakkurnoma bilan "Buxoro maktabi"ga kelib, Hasan va Shoxruhning jasoratlarini eʼtirof qilindi va IIB nomidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

- Sizdek yigitlar bor ekan, Vatanimiz, shahrimiz tinchlik-osoyishtaligi yana-da mustahkam taʼminlanadi, - dedi shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Jamoliddin Manazarov. Dovyurakligingiz, jasurligingiz tahsinga loyiq.  Ota-onangizga ming rahmat!

Maʼlumot o‘rnida: Ushlangan (Bekobod shahrida yashovchi) G‘.Yga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, voqeada uning bir nafar sherigi ham bo‘lganligi aniqlanib, u ham qo‘lga olingan.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech