10 Fevral 2024 yil 7700

Mashina shinalarini yechib ketayotgan guruh ushlandi

Joriy yilning 21-yanvar kuni Yangiyoʻl shahar IIBga kelib tushgan xabar asosida IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, tungi vaqtda avtomashina shinalarini yashirin ravishda yechib, mashinalarni gʻishtlarga oʻtqazib, shinalarni pullayotgan jinoiy guruh qoʻlga olindi.

Maʼlum boʻlishicha, Yangiyoʻl shahrida yashovchi 2001 yilda tugʻilgan B.I. tengdoshi J.A. va sherigi 1997 yilda tugʻilgan N.N.lar bilan birgalikda oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib, Yangiyoʻl shahri, Yangiyoʻl va Quyi Chirchiq tumanlarida oʻnga yaqin “Сobalt” avtomashinalarining shinalarni tunda kelib yashirin ravishda yechib olib, sotib yuborgan va pullarini shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatishgan.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yuqorida qayd etilgan shaxslar protsessual tartibda qoʻlga olinib, ushlangan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech