29 Aprel 2024 yil 1912

Maxtumquli ijodi, xalq shoiri bilan davra suhbati va kitob yarmarkasi — IIBBda navbatdagi maʼrifat soati o‘tkazildi

Bugun, 29 aprel kuni Toshkent viloyati IIBBda navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy soat bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir ishtirokida kitobxonlik haftaligi doirasida davra suhbati tashkil qilingan bo‘lsa, filologiya fanlari doktori Abdurahmon Pirimqulov “O‘zbekning turkman shoiri” Maxtumquli ijodi haqida maʼruza qildi.

Maʼrifat soatidan so‘ng xodimlar uchun navbatdagi kitob yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirlarda IIBB mas’ul rahbarlari va xodimlar ishtirok etdi.

Text to speech