Magistratura tinglovchilari navbatdagi amaliyot dasturi bo‘yicha IIBBda bo‘lishdi
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistraturasi II darajadagi “Tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligi tinglovchilarining ilmiy va malakaviy amaliyoti Davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturiga muvofiq, ichki ishlar organlari uchun malakali rahbar kadrlar tayyorlash maqsadida “Ichki ishlar organlarining Tergov va surishtiruv faoliyatini tashkil etish” o‘quv modulida belgilangan fanlar bo‘yicha olingan nazariy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni amaliy jihatdan mustahkamlashga, nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlashga qaratilgan.
Amaliyotni tashkil etishdan asosiy maqsad – nazariya va amaliyotning uzviyligini taʼminlash orqali magistratura tinglovchilarning o‘quv moduli bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish hamda mustahkamlash, amaliyotga tatbiq qilish va tinglovchilarda ichki ishlar organlarining rahbarlik lavozimlarida xizmat faoliyatini olib borishga doir amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat.
Toshkent viloyati IIBB Tergov boshqarmasida ham magistratura tinglovchilarini Tergov va surishtiruv faoliyati bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va ularga zamonaviy texnika usullari orqali tergov qilishni tashkil etishdan iborat.